Kunwork
KUNWORK USTA

Ishingiz —
o‘z qo‘lingizda.

Tumaningizdagi buyurtmalarni oling, narxni o‘zingiz taklif qiling, ish vaqtingizni o‘zingiz belgilang. Usta bo‘lish — bepul.

Kunwork usta ilovasi: ish tafsilotlari, bosh sahifa va statistika ekranlari

QANDAY BOSHLASH

To‘rt qadam —
va siz ustasiz.

Alohida ilova yoki qayta ro‘yxatdan o‘tish shart emas. Usta rejimi — o‘sha hisobingizga qo‘shimcha.

  1. 01

    Ilovani yuklang

    Telefon raqamingiz va SMS kod bilan kiring.

  2. 02

    Usta rejimini yoqing

    Profil’da “Usta” ni tanlang — hisob o‘sha.

  3. 03

    Xizmat va hududni belgilang

    Nima qilasiz, qaysi tumanlarda va qachon ishlaysiz.

  4. 04

    Taklif yuboring

    Mos buyurtmani tanlang va narxingizni ayting.

MyID tasdiqlash ixtiyoriy — lekin belgisi bor ustalarni mijozlar ko‘proq tanlaydi. Tasdiqlash bir necha daqiqa oladi va belgi avtomatik beriladi.

IMKONIYATLAR

Ish uchun kerakli
hamma narsa.

BUYURTMALAR

Buyurtmalar
o‘zi keladi.

Yangi ishlar kasbingiz va tumaningiz bo‘yicha saralanadi. Tafsilotlar, suratlar va taxminiy hudud — taklif yuborishdan oldin ko‘z oldingizda.

  • Kasb va tuman bo‘yicha saralash
  • Suratlar va mijoz izohi
  • Narxni o‘zingiz taklif qilasiz
Ish tafsilotlari ekrani

STATISTIKA

Hamma narsa
ko‘z oldingizda.

Profilingiz ko‘rishlari, yuborilgan takliflar, bajarilgan ishlar va o‘rtacha bahoingiz — bitta sahifada.

  • Haftalik va oylik ko‘rinish
  • Baho va sharhlar dinamikasi
  • Qaysi xizmat ko‘proq so‘ralayotgani
Statistika ekrani

ISH VAQTI

Jadvalni o‘zingiz
belgilaysiz.

Ish kunlari va soatlarini belgilang. Onlayn bo‘lsangiz — buyurtmalar keladi, dam olmoqchi bo‘lsangiz — oflaynga o‘ting.

  • Haftalik ish jadvali
  • Bir bosishda onlayn / oflayn
  • Ish hududi — tumanlar ro‘yxati
Ish vaqti jadvali ekrani

PORTFOLIO

Ishingiz — eng
yaxshi reklama.

Bajargan ishlaringiz suratlari, sertifikatlar va mijozlar sharhlari profilingizda yig‘iladi.

  • Ish namunalari galereyasi
  • Hujjat va sertifikatlar
  • Faqat haqiqiy mijozlar sharhi
Ishlarim namunalari ekrani
TOP

TOP bilan
birinchi bo‘ling.

TOP ustalar bosh sahifada va qidiruvda yuqorida ko‘rsatiladi. Xizmat ixtiyoriy, ilova ichida to‘lanadi va har doim “Reklama” deb belgilanadi — mijozlar uchun halol.

  • Bosh sahifadagi “TOP ustalar” qatori
  • Qidiruv natijalarida yuqori o‘rin
  • Istalgan vaqtda yoqish yoki to‘xtatish
TOP haqida batafsil
TOP usta ekrani: muddat va narxlar

SAVOLLAR

Ko‘p beriladigan
savollar.

Javob topilmadimi? Ilovadagi yordam chatiga yozing.

Yo‘q. Usta rejimini yoqish bepul. Ilovada faqat ixtiyoriy TOP xizmati pullik — u ham “Reklama” deb belgilanadi.

BUGUN BOSHLANG

Birinchi buyurtmangiz bugun kelishi mumkin.

Kunwork’ni yuklab oling, Profil’da “Usta” rejimini yoqing.