Ishingiz o‘z qo‘lingizda.
Kasbingiz va tumaningizga mos buyurtmalar o‘zi keladi. Narxni ham, ish vaqtini ham o‘zingiz belgilaysiz. Usta bo‘lish bepul.


Bir hafta Kunwork bilan
- Dushanba.
Ish kunlaringizni belgilaysiz.
Qaysi kunlari va soat nechadan nechagacha ishlashingizni o‘zingiz tanlaysiz.
- Seshanba.
Buyurtmalar o‘zi keladi.
Kasbingiz va tanlagan tumanlaringizdan. Har birida tavsif, surat va taxminiy hudud bor.
- Chorshanba.
Narxni o‘zingiz aytasiz.
Ishni ko‘rib, narx va vaqtingizni yozasiz. Mijozga ma’qul bo‘lsa, sizni tanlaydi.
- Shanba.
Dam olmoqchimisiz?
Oflaynga o‘tasiz, buyurtmalar kelmaydi. Qaytganingizda yana yoqasiz.
- Yakshanba.
Hafta yakuni: hammasi sizniki.
Pulni mijozdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri olasiz. Kunwork foiz olmaydi.
Boshlash uchun nima kerak
Kerak
- Telefon raqami
- Kasbingiz
- Ishlaydigan tumanlaringiz
Kerak emas
-
Alohida ilova yoki yangi hisob -
Oylik to‘lov -
Ofis yoki do‘kon
MyID orqali tasdiqlash shart emas, lekin belgisi bor ustani mijozlar ko‘proq tanlaydi. Bu bir necha daqiqa oladi.
TOP bilan birinchi bo‘ling.
TOP ustalar bosh sahifada va qidiruvda birinchi chiqadi. Xizmat pullik, lekin majburiy emas: ilovada to‘laysiz va xohlagan paytda o‘chirasiz.
- Bosh sahifadagi “TOP ustalar” qatorida
- Qidiruvda birinchi o‘rinlarda
- Xohlagan paytda yoqib-o‘chirasiz
- Jasur M. 4,9160 000 so‘mBugun, 14:00
- Otabek T. 4,6140 000 so‘mBugun, 16:30
- Ulug‘bek N. 4,8190 000 so‘mBugun, 13:00
Ko‘p beriladigan savollar
Usta bo‘lish pullikmi?
Yo‘q, bepul. Faqat TOP xizmati pullik, u ham majburiy emas.
Alohida ilova yoki hisob kerakmi?
Yo‘q. Usta rejimi hozirgi hisobingizga qo‘shiladi, Profil’da bir bosishda almashtirasiz.
MyID majburiymi?
Yo‘q. Lekin MyID belgisi bor ustaga mijozlar ko‘proq ishonadi.
Ish haqini qanday olaman?
Pulni mijozning o‘zidan olasiz: naqd yoki kelishganingizdek. Kunwork ish haqingizdan foiz olmaydi.
Qaysi tumanlarda ishlay olaman?
O‘zingiz tanlagan tumanlarda. Buyurtmalar shu tumanlardan keladi, aniq manzil esa mijoz sizni tanlagach ko‘rinadi.
Buyurtmachi bo‘lib ham foydalansam bo‘ladimi?
Albatta. Bugun ishlaysiz, ertaga o‘zingizga usta chaqirasiz, hammasi bitta hisobda.

Birinchi buyurtmangiz bugunoq kelishi mumkin.
Kunwork’ni yuklab oling va Profil’da “Usta” rejimini yoqing.