Sizga qanday yordam bera olamiz?
Boshlash
Qanday ro‘yxatdan o‘taman?
Ilovani yuklab oling, telefon raqamingizni kiriting va SMS-kodni yozing. Google orqali ham kirsa bo‘ladi.
Tilni qanday o‘zgartiraman?
Profil → Til bo‘limida o‘zbek, rus yoki ingliz tilini tanlang.
Usta rejimini qanday yoqaman?
Profil’da “Usta”ni tanlang. Hisobingiz o‘sha qoladi, qaytadan ro‘yxatdan o‘tmaysiz.
Buyurtmalar
Ishni qanday joylayman?
Pastdagi “+” tugmasini bosing, nima kerakligini yozing, xizmat turi va vaqtni tanlang. E’lon berish bepul.
Taklifni qanday tanlayman?
Takliflarda narx, vaqt va baholarni solishtiring, keyin “Tanlash”ni bosing.
Buyurtmani qanday bekor qilaman?
“Mening buyurtmalarim”da buyurtmani oching va “Bekor qilish”ni bosing. Usta tanlangan bo‘lsa, chatda unga ham ayting.
Usta kelmasa nima qilay?
Avval chatda yozing. Javob bo‘lmasa, buyurtmadagi “Muammo” tugmasi orqali xabar bering, yordam beramiz.
To‘lov va TOP
Ish haqini qanday to‘layman?
Pulni ustaga o‘zingiz berasiz: naqd yoki kelishganingizdek. Ilova o‘rtada turmaydi.
Kelishilgan narx keyin o‘zgarishi mumkinmi?
Kelishilgan narx buyurtmada saqlanadi. Usta uni o‘zgartirmoqchi bo‘lsa, chatda so‘raydi. Rozi bo‘lish yoki bo‘lmaslik o‘zingizga bog‘liq.
TOP nima?
Ustalar va buyurtmalarni bosh sahifada va qidiruvda yuqoriga chiqaradigan pullik xizmat. Majburiy emas.
Xavfsizlik va MyID
MyID belgisi nimani bildiradi?
Usta shaxsini MyID orqali tasdiqlaganini. Belgi o‘zi paydo bo‘ladi.
Qayerdaligimni kim ko‘radi?
Sizni hech kim kuzatmaydi. Usta faqat tuman nomi va taxminan 1 km doirani ko‘radi, aniq manzilni esa faqat siz tanlagan usta biladi.
Foydalanuvchini qanday bloklayman?
Uning profilini oching va “…” → “Bloklash”ni bosing. Bloklanganlar ro‘yxati Profil → Maxfiylik bo‘limida.
Hisob
Telefon raqamimni qanday o‘zgartiraman?
Profil → Profilni tahrirlash → Telefon raqami.
Sharhimni o‘zgartirsam bo‘ladimi?
Ha. Sharh qoldirganingizdan keyin bir muddat Profil → Sharhlarim bo‘limida tahrirlay olasiz.
Hisobimni qanday o‘chiraman?
Profil → Yordam → Hisobni o‘chirish.
Savolingiz qoldimi?
Ilovadagi chat
Profil → Yordam markazi → Chat. Buyurtma ma’lumotlari o‘zi qo‘shiladi.
Shikoyat
Foydalanuvchi yoki buyurtma ustidan ilovadagi “Shikoyat” tugmasi orqali yozing.